Uzbek Kids Academy
Azimjonova Rufina
3.0

Yo’nalishlar

Til va Adabiyot

Azimjonova Rufina

Magistratura

Haqida

Men, Azimjonova Rufina, Oʻzbek tili va adabiyoti mutaxassislaridan biriman. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetini imtiyozli diplom bilan bitirganman va hozirda shu universitetning adabiyotshunoslik: oʻzbek adabiyoti yoʻnalishi 1-kurs magistrantiman.
2023-yil 26-aprelda bo‘lib o‘tgan konferensiyada mashaqqatli mehnatim samarasi bo‘lgan “Eng tirishqoq yosh mutaxassis” nominatsiyasi bilan taqdirlandim. Bu e’tirof mening bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqimni yanada kuchaytirdi. Men universitet tadbirlarida faol qatnashaman, har doim yangi tajriba orttirishga intilaman.
Azimjonov Husniddin bilan hamkorlikda "Oʻzbek tilining oʻzlashma soʻzlar izohli lugʻati" mobil ilovasini yaratganmiz.
Shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bir qator ilmiy maqolalar muallifi sifatida ilmiy-adabiy jamoatchilikning e’tiborini qozonganman.
Hozirda adabiyotshunoslik boʻyicha ilmiy ish ustida izlanish olib bormoqdaman.

Kimlik Vidyo Lavhasi