Uzbek Kids Academy
Azimjonov Husniddin
3.0

Yo’nalishlar

Til va Adabiyot

Azimjonov Husniddin

Magistratura

Haqida

Men, Azimjonov Husniddin, Oʻzbek tili va adabiyoti mutaxassislaridan biriman. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetini imtiyozli diplom bilan bitirganman va hozirda shu universitetning adabiyotshunoslik: oʻzbek adabiyoti yoʻnalishi 2-kurs magistrantiman.
2023-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori boʻlganman. Shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bir qator ilmiy maqolalar muallifi sifatida ilmiy-adabiy jamoatchilikning e’tiborini qozonganman.
Shu yili Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻtkazilgan "Start up" loyihalar tanlovi hamda "Yilning eng targʻibotchi talabasi" nominatsiyasi gʻolibi boʻlganman
Azimjonova Rufina bilan hamkorlikda "Oʻzbek tilining oʻzlashma soʻzlar izohli lugʻati" mobil ilovasini yaratganmiz.
Hozirda adabiyotshunoslik boʻyicha ilmiy ish ustida izlanish olib bormoqdaman.

Kimlik Vidyo Lavhasi