Uzbek Kids Academy
Ehsanulloh Quvonch
3.0

Yo’nalishlar

Til va Adabiyot

Ehsanulloh Quvonch

PHD

Haqida

Men, Ehsanulloh Quvonch, o‘zbek tili va adabiyoti muxassislaridan biriman. Maktab hamda bakalavr bosqichlarini Foryob viloyatida tamomlaganman. Keyinchalik Tojikistonning Sadriddin Ayniy nomidagi Tojik davlat universitetida o‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha magistratura darajasini olganman.
Ta’lim va ilmiy izlanishga bo‘lgan qiziqishim meni O‘zbekistonga olib kelgan. Bu yerda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘zbek tilshunosligi yo‘nalishi bo‘yicha PhD dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, ilmiy darajaga sazovor bo‘lganman.
Ta’lim sohasida o‘n yildan ortiq tajribaga egaman. Bolalarni tarbiyalash idora tashkilotida, Foryob universitetida hamda turli ta’limiy-o‘quv markazlarida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritib, ko‘plab o‘quvchi va talabalar uchun bilim eshiklarini ochganman. Shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bir qator ilmiy maqolalar, badiiy asarlar va kitoblar muallifi sifatida ilmiy-adabiy jamoatchilikning e’tiborini qozonganman.
Hozirda o‘zbek bolalar akademiyasining asoschisi va hay’at a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqdaman. Yoshlarning zakovat rivoji, ma’naviy tarbiyasi va adabiy savodxonligini oshirishga o‘z hissamni qo‘shib kelayotganimdan mamnunman.

Kimlik Vidyo Lavhasi