Men, Sirojiddin Bahrom o‘g‘li, o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisiman. Maktabni tug‘ilgan joyim — Jarqo‘rg‘on tumanida tamomlaganman. Bakalavr bosqichini esa Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yakunlaganman.
Universitet davridayoq yuqori sinf o‘quvchilariga ona tili va adabiyot fanlaridan dars berib kelganman. Shuningdek, abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash bo‘yicha tajribaga egaman. Ikki yildan ortiq pedagogik faoliyatim davomida zamonaviy va interfaol o‘qitish metodlarini qo‘llab, o‘quvchilarning nutqiy kompetentligini, intellektual salohiyatini va o‘z-o‘zini anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelmoqdaman.
Bakalavr bosqichida o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishga oid bir nechta ilmiy maqolalar muallifi bo‘lganman. Hozirda ham ushbu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman.
Ustozlarimning ko‘magi va o‘zbek tilini targ‘ib qilishga bo‘lgan qiziqishim tufayli hozirda “Uzbek Kids Academy”da haya’t boshlig‘i va o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritayapman. Maqsadim — til o‘rganishga qiziqqan yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish va adabiy savodxonligini mustahkamlashdir.