Uzbek Kids Academy
Bibi Rakiya Hashimi
3.0

Yo’nalishlar

Til va Adabiyot

Bibi Rakiya Hashimi

Magistratura

Haqida

Men, Bibi Rakiya Hashimi, o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha mutaxassisman. Boshlang‘ich ta’limimni Eron davlatida boshlaganman. O‘rta maktab va litseyni esa tug‘ilgan joyim — Balx viloyatida tamomlaganman. Shundan so‘ng Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bakalavr darajasini oldim.
Keyinchalik ilmiy izlanishlarimni davom ettirib, O‘zbekistonning Nordic xususiy universitetida Ta’limni boshqarish (Education Management) yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasiga ega bo‘ldim. Hozirda katta maqsad va intilish bilan Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida doktorantura bosqichida tahsil olmoqdaman.
Ta’lim jarayonim davomida bir qator ilmiy maqolalar yozib, ularni O‘zbekistondagi nufuzli jurnallarda e’lon qildim. Shuningdek, bir nechta ta’lim markazlarida doimiy hamkor sifatida faoliyat yuritdim. Hozirgi kunda ham ilmiy faoliyatim izchil davom etmoqda.
Jamiyatimiz bolalarining aqliy va fikriy rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida, hozirda “Uzbek Kids Akademy” onlayn ta’lim markazida hay’at a’zosi va onlayn maktab o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqdaman

Kimlik Vidyo Lavhasi