Men Muhammadaziz Omonov, “Uzbek Kids Academiya”sining o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassislaridan biri hamda, ushbu onlayn o‘quv markazining haya’t a’zosi va o‘qituvchisiman va bir qator o‘zbek tili mutaxassislari bilan hamkor bo‘lib ishlashimdan mamnunman. Men O‘zbekistonning so‘lim viloyati bo‘lmish Ona yurtim Andijonda maktabni tamomladim, keyin Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bakalavr hamda magistr darajalarini tugatdim. Hozirda ushbu universitet mustaqil tadqiqotchisi (PhD)man.
Faoliyatim davomida turli o‘quv markazlarida – O‘zbekistonda yoki xorijda yashovchi chet elliklarga va ularning farzandlariga o‘zbek tilini o‘rgatdim. Xususan, Turkiya, Amerika, Meksika, Avstraliya, Koreya, Rossiya hamda Xitoylik o‘quvchilarimga masofadan turib bilim berdim. 200 dan ortiq o‘zga millat vakillarini o‘zbek tilida erkin gapirishiga hissa qo‘shdim.
Bugungi kunda o‘zbek tili bo‘yicha bir nechta ilmiy maqolalar, xorijliklar uchun o‘zbek tili darsliklari hamda lug‘atlar muallifiman. Maqsadim — siz bilan o‘zbek tilini dunyoga yanada yaqinlashtirish!
Agar siz yoki yaqinlaringiz o‘zbek tilini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, men chin dildan yordam berishga tayyorman. O‘zbek tilining go‘zalligini birga kashf qilamiz!